13:45 / 12.06.2016
3634

Oltoyda halokatga uchragan samolyotning uchuvchisi va yo‘lovchisi halok bo‘ldi

Qutqaruvchilar Oltoyda halokatga uchragan samolyotning uchuvchisi va yo‘lovchisini o‘lgan holda topishdi. Bu haqda G‘arbiy-Sibir transport prokuraturasi vakili Oksana Gorbunova ma'lum qilgan.

“Qutqaruvchilar samolyotni Kargasok aholi yashash punktidan 40 km. uzoqlikdan topishgan. Uchuvchi va yo‘lovchi halok bo‘lgan. Ayni damda samolyotning qulagani sabablari o‘rganilmoqda”, - dedi u.

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot rasmiy ro‘yxatdan o‘tgan va Barnaul odamlaridan biriga taalluqli bo‘lgan.

Top