11:25 / 13.06.2016
8940

AQShda er xotini va 4 nafar qizini o‘ldirib qochib ketdi

Amerikaning Nyu-Meksiko shtatida yashovchi Xuan David Vilegas-Ernandes o‘zining turmush o‘rtog‘i va to‘rt qiziga o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqida Associated Press xabar qildi. 

Mahalliy politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, Xuan David o‘z oila a'zolarini o‘ldirib, bu jarayonni kameraga tushirgan, shundan so‘ng o‘z avtomobilida noma'lum yo‘nalishda jo‘nab ketgan. 

Oila a'zolarini ularni ko‘rishga kelgan qarindoshi jonsiz holatda topgan. Vilegas-Ernandesning xotini 34 yoshda edi, qizlari esa 3, 7, 11 va 14 yoshda bo‘lishgan. 

Politsiya xodimi Todd Ualdermutning aytishiga qaraganda, gumon qilinayotgan shaxs qizil rangli Ford pikapida harakatlanayotgan bo‘lishi mumkin.

Top