02:27 / 13.06.2016
9265

Dario Srnaning otasi o‘g‘li Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etayotgan vaqtda vafot etdi


Xorvatiya terma jamoasi Yevropa chempionatining guruh bosqichida Turkiyaga qarshi uchrashuv o‘tkazayotgan vaqtda terma jamoa sardori Dario Srnaning otasi olamdan o‘tgan.

Futbolchi bu fojia haqida o‘yin tugaganidan keyin xabardor bo‘lgan.

Srna ayni vaqtda terma jamoa qarorgohini tark etgan va Xorvatiyaga jo‘nab ketgan. Uning 17 iyun kuni Chexiyaga qarshi kechadigan uchrashuvda ishtirok etishi so‘roq ostida.

Xorvatiya Turkiyaga qarshi uchrashuvda Luka Modrichning goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Top