14:22 / 13.06.2016
6332

Yevro-2016 o‘yinlari tomoshasi uchun Fransiyaga kelgan shimoliy irlandiyalik muxlis halok bo‘ldi

Shimoliya Irlandiya terma jamoasi muxlislaridan biri Nitstsa shahrida o‘lim topdi. Bu haqda Tribuna.uz xabar tarqatdi.

U bu shaharga Shimoliy Irlandiyaning Polshaga qarshi o‘yinini tomosha qilish uchun kelgandi.

Uning o‘limi tasodifan yuz bergan. 24 yoshli bu muxlis mast ahvolda ko‘prik suyanchig‘i osha 8 metr pastga qulagan va o‘sha zahoti jon bergan. U plyajdagi toshlarga boshi bilan tushgan.

S guruhi doirasida bo‘lib o‘tgan Polshaga qarshi bahs irlandiyaliklarning 0:1 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakunlandi.

Top