19:09 / 13.06.2016
5739

OPeK jahonning neftga bo‘lgan talabiga oid raqamni o‘zgarishsiz qoldirdi

Neft eksport qiluvchi mamlakatlarning OPeK tashkiloti, jahon neft bozoridagi talabni kuniga 94,18 mln barrel deb baholaydi, deyiladi tashkilotning iyun oyiga oid hisobotida. 

Shu bilan birga, neftga bo‘lgan talabning o‘sishiga oid taxminlar ham o‘tgan yilgi raqam bilan bir xil - kuniga 1,2 mln barrel darajasida saqlab qolingan.

OPeK hisobiga ko‘ra, 2015 yili neftga bo‘lgan talab kuniga 92,98 mln barrelni tashkil etgan.

Bundan tashqari, tashkilot ekspertlari 2016 yilda neft qazib olish ko‘rsatkichini o‘zgartirishmagan. Ularning fikricha, neft qazib olish kuniga 740 ming barreldan qisqarib, OPeK mamlakatlari kuniga jami 56,4 mln barrel neft qazib oladi.

Top