12:36 / 14.06.2016
24067

13 iyun kuni taniqli rejissyor Matyoqub Orziyev vafot etdi

13 iyun kuni taniqli dublyaj rejissyori Matyoqub Orziyev vafot etdi. Bu haqda yosh kinorejissyorlardan biri Jahongir Ahmedov instagramdagi sahifasi orqali ma'lum qilgan.

Rejissyor “Bugun ulug‘ kunlarning birida taniqli dublyaj rejissyori, halol va vijdonli Matyoqub Orziyev olamdan o‘tdilar. Bizning oxirgi hamkorligimiz “Majnun” filmida bo‘lgandi. Bu juda katta yo‘qotish, chuqur qayg‘udamiz! Oxiratlari obod bo‘lsin!” deya izoh qoldirgan.

Shuningdek, aktyor Akbarxo‘ja Rasulov ham instagramdagi sahifasi orqali marhumning yaqinlari va oila a'zolariga ta'ziya bildirib, Matyoqub Orziyevni 12-13 yoshidan beri tanishi, rejissyor hayotda juda yaxshi inson bo‘lganligi, umrining oxirigi yillarida esa betob bo‘lgani haqida ma'lum qilgan.

Top