12:31 / 14.06.2016
5836

Yana to‘rt nafar o‘zbekistonlik yengil atletikachi Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Dushande shahrida (Tojikiston) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan ochiq chempionatda o‘zbekistonlik to‘rt nafar yengil atletikachi Rio-2016 yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik g‘olib sportchilar sifatida Yekaterina Tunguskova, Natalya Asanova, Ivan Zaytsev va Yuliya Tarasovalar nomi e'tirof etildi.

Xususan, farg‘onalik Yekaterina Tunguskova 10.000 metr masofaga yugurish musobaqasida belgilangan me'yorni bajargan bo‘lsa, Andijon viloyati vakili Natalya Asanova 400 metr masofaga to‘siqlar osha yugurishda 56.19 soniya (me'yor 56.20 soniya) natija qayd etdi.

Nayza uloqtirish sektorida ishtirok etgan sirdaryolik Ivan Zaytsev 83 m. 03 sm. natija (me'yor 83 m.) ko‘rsatgan bo‘lsa, poytaxtlik Yuliya Tarasova uzunlikka sakrash musobaqasida 6 m. 72 sm. (me'yor 6 m. 70 sm) natija qayd etdi.

Top