16:56 / 14.06.2016
3435

Berluskoni jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi

Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskonining yurak sohasidagi jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqida Reuters agentligi ma'lum qildi. 

"Jarrohlik amaliyoti yakunlandi. Hammasi yaxshi", - deyiladi "Italiya, olg‘a!" partiyasi manbasining agentlikka bergan ma'lumotida. 

79 yoshli Italiya sobiq bosh vaziri 7 iyun kuni yurak sohasidagi muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgandi. U operatsiyadan avval o‘zini xotirjam his qilayotgani va barcha umidi Xudodan ekanligini ma'lum qilgandi.

Top