13:38 / 14.06.2016
2864

Xitoydagi oliy martabali partiya arbobi o‘z hayotiga suiqasd qilgani taxmin qilinmoqda

Guanchjoudagi (Guandun provinsiyasi ma'muriy markazi, Janubiy Xitoy) oliy martabali partiya arbobi 12 iyun - yakshanba kuni o‘z uyida jonsiz holda topildi. Bu haqida China Daily gazetasi xabar berdi.

Politsiyaning ta'kidlashicha, bu Xitoy Kompartiyasining provinsiya qo‘mitasi (XKPQ) kotib o‘rinbosari Lyu Syaoxua. 

Dastlabki tergov ishlari o‘z joniga suiqasd qilish holatini inkor etdi. 

Joriy yilning mart oyida lavozimiga kirishgan partiya amaldori muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan. U yirik port shahri hisoblangan Chjantszyan partiya qo‘mitasining kotibi bo‘lgan va xalq vakillarining mahalliy majlisini boshqargan. 

Amaldorning o‘limi Janubiy Xitoyning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan mintaqasi - Guandundagi korrupsiya holatlarini o‘rganish doirasini kengaytirish fonida yuz berdi.

"Korrupsiya bilan kurash bizning uzoq muddatli va qat'iy vazifamizdir, provinsiyadagi barcha antikorruptsion organlar iqtisodiy rivojlanish yo‘lida "toza va adolatli" boshqaruvni ta'minlash uchun to‘xtovsiz ishlashadi", degan XKPQning provinsiyadagi tartibini tekshiruvchi komissiyasi rahbari Guandun Xuan Syanyao. 

Bir qator mahalliy amaldorlar tergovga jalb qilindi. Ular partiya qonun-qoidalarini buzganlik va pora olganlikda ayblanmoqda. 

Xitoy hukumati tepasiga 2012-2013 yillarda Si Tszinpin boshchiligidagi "beshinchi avlod" rahbarlari kelgandan so‘ng korrupsiya bilan kurashish kampaniyasi o‘z faoliyatini kuchaytirdi.

Top