19:00 / 14.06.2016
4309

Nursulton Nazarboyev Hindiston bosh vaziri bilan hamkorlik va global masalalarni muhokama qildi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev va Hindiston bosh vaziri Narendra Modi telefon orqali ikki tomonlama munosabatlar holati va istiqbollarini hamda bir qator dolzarb mintaqaviy va xalqaro masalalarni muhokama qilishdi, deb xabar berdi 14 iyunda Qozog‘iston rahbari matbuot xizmati. 

"Nursulton Nazarboyev global kun tartibi muammolari bo‘yicha tomonlar fikrining umumiyligi va siyosiy ziddiyatlarning yo‘qligi ikki tomonlama suhbatning rivojlanishi uchun qulay asos bo‘lib xizmat qilishini ta'kidlab o‘tdi", deyilmoqda xabarda.

O‘z navbatida, Modi Ostona bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikning rivojlanishi Hindistonning Markaziy Osiyodagi tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi hisoblanishini aytdi.  

"Tomonlar ikkala davlat o‘zaro to‘ldiruvchi hamkorlikning sezilarli salohiyatiga egaligini ma'qullashdi va har tomonlama iqtisodiy kooperatsiyaning rivojlanishida barcha sa'y-harakatlarni amalga oshirishga tayyorliklarini bildirdilar", deb aytildi matbuot xizmatida.

Top