14:34 / 14.06.2016
8458

Putin harbiy qurollarning ommaviy tekshiruvini boshlashga buyruq berdi

RF Oliy bosh qo‘mondoni Vladimir Putin Qurolli kuchlar safida to‘satdan tekshirish ishlarini boshlashga qaror qilgan. Unga muvofiq, armiya ixtiyoridagi jangovar qurol-yarog‘lar hamda «harbiy qo‘mondonlikning ayrim organlari» shayligi tekshiriladi, deb bayonot bergan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunda harbiy kuchlarning mobilligi hamda zaxira tuzilmalari, saqlanayotgan qurollar va harbiy texnikalarning holatiga jiddiy e'tibor qaratiladi. 

Sergey Shoygu, xorijiy davlatlar harbiy attashelarini Rossiya qurolli kuchlaridagi tekshiruvlardan ogoh etishga buyruq bergan. U 22 iyungacha davom etadi.

Top