08:48 / 14.06.2016
14214

"Sayyoramizdagi eng past bo‘yli odam" unvoni sohibi vafot etdi

Los-Anjyelesda "Alf" nomli komedik teleserialda Alf nomli o‘zga sayyoralik rolini ijro etgan aktyor Mixay «Mixu» Mesarosh 76 yoshida vafot etdi, deb yozmoqda TMZ nashri.

Ta'kidlanishicha, Mesarosh bir hafta avval shifoxonaga tushib qolgan va koma holatida bo‘lgan.

Bo‘yi 84 sm bo‘lgan Mesarosh 1939 yilda Vengriyada tug‘ilgan va yoshligidan sirkda chiqqan. U o‘zining past bo‘yi sababli "sayyoramizdagi eng past bo‘yli odam" unvonini olgan.

Ta'kidlanishicha, Mesarosh marhum pop-qo‘shiqchi Maykl Jyeksonning yaqin do‘sti bo‘lgan. U pop-qirol bilan o‘z chiqishlaridan birida tanishib qolgan.

Mesarosh 1986 yildan 1990 yilgacha AQSh ekranlarida namoyish qilingan "Alf" serialidagi o‘zga sayyoralik rolini ijro etgani tufayli jahonshumul mashhurlikka ega bo‘lgan.

Top