12:16 / 14.06.2016
4134

To‘raqo‘rg‘on tumanida «Kamolot» YoIHning VII Konferentsiyasi o‘tkazildi

Joriy yilning 13 iyun kuni To‘raqo‘rg‘on tuman Xalq ta'limi muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish bo‘limi majlislar zalida «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashining navbatdagi VII Konferentsiyasi o‘tkazildi. Konferentsiya kun tartibiga ko‘ra, Kengash va nazorat–taftish organlarining ikki yarim yil davomidagi hisobotlari eshitildi va baholandi, rahbar organlarni saylandi. Namangan viloyat Kengashi Konferentsiyasiga delegatlar saylanib, Harakat Ustav va Dasturiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar berildi. Unda 21 kishidan iborat tuman Kengashi saylandi.

Konferentsiya qaroriga ko‘ra To‘raqo‘rg‘on tuman Kengashi raisi lavozimiga Homidov G‘olibjon Erkinjonovich saylandi.

Shu bilan birga, Konferentsiya yakunida yangi Saylangan Kengash a'zolariga Tashkiliy-kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Top