18:12 / 15.06.2016
3529

BMT: xalqaro donorlar suriyaliklarga zarur bo‘lgan mablag‘ning 25 foizinigina yig‘a olishdi

Suriya bo‘yicha Donorlik anjumani ishtirokchilari to‘rt oy ichida suriyalik qochqinlarga yordam tariqasida beriluvchi mablag‘ning bor-yo‘g‘i chorak qismini yig‘a olishdi, deb xabar beradi qochqinlar ishi bo‘yicha  BMT Oliy komissar boshqarmasining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi bo‘linma direktori Amin Avad. 

"Fikrimcha muvaffaqiyatsizlik barchaga musibat olib keldi, vaziyatni qo‘lga olish lozim", — deb qayd etadi Avad Reyter agentligiga bergan intervyusida. 
Bugungi kunga kelib, mamlakatlar faqatgina  2,5 milliard dollarnigina yig‘ib bera oldi.

Suriya bo‘yicha Donorlik anjumani qatnashchilari fevral oyida suriyaliklarga ko‘mak berish uchun 10 milliard dollardan ortiq mablag‘ to‘plashga kelishishgan edi. Ulardan 6 milliard dollar qiymatidagi mablag‘ 2016 yil uchun ajratilishi, yana 5 milliard dollarga yaqini esa uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan bo‘lib, 2020 yilgacha ajratilib borishi rejalashtirilgan edi.  

To‘plangan mablag‘ Suriyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri gumanitar yordam berishga, shuningdek, Suriya va qo‘shni davlatlar rivojlanishi bo‘yicha loyihalarga sarflanadi. Bundan tashqari, jami 4,5 million suriyalik qochqinlarni qabul qilgan Iordaniya, Turkiya, Livan va boshqa mamlakatlarga ham ajratiladi. 

BMT ma'lumotiga ko‘ra, Suriyada 2011 yildan beri davom etayotgan qurolli janglar natijasida 220 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Top