22:13 / 15.06.2016
6203

Fransiya elchisi rossiyalik muxlislarning Kannda to‘xtatilishi yuzasidan izoh berish uchun Rossiya TIVga chaqirtirildi 

Fransiyaning Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper Marseldan Lillga Yevro-2016’ning uchrashuviga ketayotgan rossiyalik muxlislar avtobusi Kann shahri yaqinida to‘xtatilgani sababli Rossiya tashqi ishlar vazirligiga chaqirtirildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatida ma'lum qilindi.   

"15 iyunda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga Fransiyaning Moskvadagi elchisi Jan-Moris Riper chaqirtirildi. Bunga Marseldan Lillga Yevro-2016’ning Rossiya ishtirokidagi navbatdagi uchrashuviga ketayotgan rossiyalik muxlislar guruhi ushlanishi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘lgan. Frantsuz diplomatining e'tibori rossiyalik fuqarolarga nisbatan qo‘llangan choralarning tahqirlovchi xarakteriga qaratilgan", deyilgan TASS xabarida.

Rossiya terma jamoasining Yevro-2016’da ishtiroki atrofida Rossiyaga qarshi kayfiyatlarning avj olishi Rossiya-Fransiya munosabatlarini og‘irlashtirishi mumkin, deb ta'kidlab o‘tilgan Rossiya tashqi ishlar vazirligida.

Top