14:20 / 15.06.2016
3632

Xitoyda qattiq yomg‘ir yog‘ishi natijasida 5 kishi halok bo‘lib, 4 nafari bedarak yo‘qoldi

Janubiy Xitoyning Guychjou shahrida sodir bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik oqibatida bir qator tumanlarda suv toshqinlari va ko‘chkilar sodir bo‘lgan. Ba'zi uy joylar esa vayronaga aylangan. “Sinxua” axborot agentligiga ko‘ra, ushbu talofatdan 5 kishi halok bo‘lib, 4 kishi bedarak yo‘qolgan..

Tszinpin uyezdida yog‘in miqdori 200 mm.ni tashkil etgan. Agentlik xabariga ko‘ra, avtomobillar harakati yo‘qolgan tumanlarda telefon va elektr tarmoqlari aloqasi ham ishdan chiqqan. Bir qancha turar-joy binosi vayron bo‘lgan.

Voqea sodir bo‘lgan hududga qutqaruvchilar allaqachon yetib kelishgan. Hukumat tabiiy ofat natijasida yuzaga kelgan moddiy talofatni o‘rganmoqda.

Top