19:35 / 15.06.2016
13826

Ikkita yo‘lovchi samolyotining bir vaqtda qo‘nishi videosi suratga olindi

San-Frantsisko xalqaro aeroportida ikkita samolyotning bir vaqtda qo‘nayotganini samolyotlardan birida bo‘lgan yo‘lovchi suratga oldi. S Shady taxallusi ostidagi foydalanuvchi ushbu rolikni YouTube’da 13 iyunda joylashtirgan. 
Videoda yonma-yon joylashgan uchish-qo‘nish yo‘laklariga bir vaqtda ikkita samolyot qo‘nayotgani tasvirlangan. Rolik 15 iyun holatiga ko‘ra 200 mingdan ko‘proq namoyish yiqqan.

Top