17:05 / 15.06.2016
3294

Hindistonda avtobus daraga qulashi natijasida 30 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqiy qismidagi daraga avtobus qulashi natijasida kamida 30 kishi halok bo‘ldi, 11 nafari esa turli tan jarohatlari olishdi. Bu haqida politsiya xabariga asoslanib Deccan Herald nashri xabar qildi.

Baxtsiz hodisa 15 iyunga o‘tar kechasi Megxalaya shtatida sodir bo‘lgan.

Ommaviy axborot vositalari mazkur hodisa yuzasidan bir-biriga zid ma'lumotlar berishmoqda. DNA nashri avtobusda 35 nafar kishi bo‘lganligini yozsa, boshqa OAV 26 kishining halok bo‘lgani va 8 nafarining jarohat olgani haqida yozishgan. Bunday noaniqlik yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan joyning OAV aloqaga chiqishi uchun noqulay yerda joylashgani bilan izohlanmoqda.

Top