18:59 / 16.06.2016
12508

IBM kompaniyasi 105 yoshga to‘ldi

IT-gigant rasman 1911 yilning 16 iyunida tashkil topgan bo‘lsa-da, kompaniyaning tarixi biroz avval boshlangan - 1890 yilda AQSh aholisini ro‘yxatga olish ishlaridan boshlangan, chunki aynan shu yili "elektron tabulyator"dan foydalanilgan. U paytlar kompaniyaning nomi "Computing-Tabulating-Recording Company" bo‘lgan. 1914 yilda Tomas Vatson rahbarligi ostida kompaniyaning nomi "IBM"ga aylantirilgan. Yuzdan ortiq yil mobaynida kompaniya davlat, harbiy soha bilan faol hamkorlik qilib keldi, shuningdek NASA'ning doimiy hamkoriga aylandi. "Vikipedia"da IBM mahsulotlari ro‘yxati cheksizdek tuyuladi. Ilk kompyuter yaratuvchi kompaniya tarixidagi eng muhim bosqichlar - fotogalereyada. 

1972 yilda kompaniyaning yangilangan logotipi namoyish etilgan va u hozirgi kungacha amalda. Logotip muallifi - dizayner Pol Rend

1911 yilning 16 iyunida CTR (Computing Tabulating Recording) kompaniyasiga asos solingan va u 1924 yilda IBM'ga aylandi


German Xollerit elektr tabulyatsiyasi tizimi yaratuvchisi. 1896 yilda Xollerit o‘zining tabulyatsiya mashinalarini targ‘iboti uchun TMC (Tabulating Machine Company) kompaniyasini yaratdi. 1911 yilda u o‘z kompaniyasini sotuvga qo‘ydi va u tadbirkor Charlz Flint tomonidan yaratilgan CTR sanoat konglomerati tarkibiga kirdi. 

BM'ning ilk tabulyatori


IBM kompaniyasining 1941 yilda paydo bo‘lgan dunyodagi birinchi - Mark I kompyuterining kirish/chiqish tizimi


IBM 402 boshqaruv paneli (40-yillar oxiri)


1952 yilda chiroqlarda ishlovchi ilk katta kompyuter - IBM 701 paydo bo‘ldi

IBM System/360 (60-yillar)


IBM Personal Computer XT (eXtended Technology qisqartmasi) yoki IBM 5160 (1983 yil)


IBM Personal Computer/AT yoki 5170 modeli, o‘tgan asrning oxiriga qadar qo‘llangan


PS/2 (Personal System) — IBM kompaniyasining 1987 yildan buyon ishlab chiqariladigan Intel 80286 va Intel 80386 protsessorlaridagi personal kompyuterlar qatori

2006 yilda yaratilgan IBM System i 570 serveri

Top