19:06 / 16.06.2016
4123

Raspberry Pi’ning yirik ishlab chiqaruvchisi 871 mln dollarga xarid qilindi

Raspberry Pi mini kompyuterini ishlab chiqaruvchi Premier Farnell Shveytsariyaning elektron butlovchi qismlar yetkazib beruvchi Daetwyler Holdings kompaniyasi tomonidan 1 mlrd shveysar franki (871 mln dollar) evaziga xarid qilingan. Bloomberg tarqatgan xabarga ko‘ra, kompaniyalarning birlashuvi elektron komponentlar bozorida muvaffaqiyatli raqobat qilishiga imkon beradi. 

Buyuk Britaniyada joylashgan Premier Farnell 30-yillardan elektronika mahsulotlarini sotish bilan shug‘ullanib kelgan bo‘lib, Raspberry Pi mini kompyuterlarini ishlab chiqish bo‘yicha litsenziya egalaridan biridir. Bu mahsulot ishlab chiqaruvchilar, muhandis va pedagoglar orasida ommalashib ketgan.

Bank kartochkasi hajmidagi mini-kompyuterlarni ishlab chiqish Premier Farnell’ning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi. The Wall Street Journal’ning yozishicha, 5 dollarlik Pi Zero hamda har biri 33 dollardan sotiladigan Pi 2 va Pi 3 kabi Raspberry Pi hisoblash texnikalarini ishlab chiqaruvchi bo‘limi o‘tgan yilda kompaniyaning 16 foiz daromadini keltirgan.

Daetwyler esa sanoatning turli sohalari uchun elektronika va germetika yechimlarini taklif etadi.

Top