20:42 / 16.06.2016
7831

Rolls-Royce hashamatli avtonom elektrokarini taqdim etdi

Rolls-Royce kompaniyasi o‘z tarixida ilk bor Vision Next 100 deb nom olgan kontsept avtomobilni taqdim etdi. Avtomat boshqaruv tizimiga ega elektrokar to‘rtta BMW Group prototipining biriga aylandi.

Rolls-Royce Vision Next 100 yengil “innovatsiyali” platformada barpo etilgan. Kontsept-karning uzunligi 5,9 metrni, balandligi esa 1,6 metrni tashkil etdi. Bu ko‘rinishi bilan avtomobil Phantom sedanining ko‘rinishini takrorlaydi.

Prototipda “to‘rt ustunda jo bo‘lgan” Rolls-Royce firmalarining yangi strategiyalarini ko‘rish mumkin. U mijozlarga “misli ko‘rilmagan” imkoniyatlar taqdim etishi kutilmoqda.

Birinchi konsepsiya «The Personal Vision» nomini oldi. Bu kontsept kar buyurtmachilari o‘zlari uchun yig‘ilayotgan avtomobilni bevosita kuzatish, uning o‘lchamini, ko‘rinishini tanlash imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ikkinchi konsepsiya «The Grand Sanctuary», uchinchisi «Effortless Journey» va nihoyat to‘rtinchisi esa «Grand Arrival» nomini oldi.

Top