09:47 / 17.06.2016
8426

AQSh davlat departamenti Obamani Suriya armiyasiga zarba berishga chaqirmoqda

AQSh davlat departamentining 50dan ortiq xodimi prezident Obamaning Suriyadagi siyosatini keskin tanqid qiluvchi ichki memorandumni imzolagan. OAV xabariga ko‘ra, unda jumladan, AQSh harbiylari Bashar Asad tuzumiga qarshi harbiy harakatlarni boshlashi lozimligi haqida so‘z boradi. Shundagina, tuzum harbiylarining o‘t ochishni to‘xtatish tartibini doimiy buzish hollariga chek qo‘yish mumkin. 

Memorandum mualliflarining fikricha, Suriyadagi fuqarolik urushiga barham beruvchi choralar ko‘rishga sabab bo‘luvchi axloqiy imperativ shubhaga o‘rin qoldirmaydi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, "Asadning ashaddiy suiiste'molini to‘xtata olmaslik, IShID kabi guruhlarning, garchi ular jangdan so‘ng taktik mag‘lubiyatga uchragan taqdirda ham, jozibasini oshirishga xizmat qiladi".

Shu bilan birga, Davlat departamentida hujjat mazmuniga izoh berishdan bosh tortishgan. 

15 iyun kuni AQSh davlat kotibi Jon Kerri Suriya hukumatini, Suriyaning barcha hududi bo‘ylab jangovar harakatlar sur'ati pasayganiga qaramay, Halabga hujumni davom ettirishda ayblagan edi.

Top