15:48 / 17.06.2016
15471

AQSh generali Suriya osmonidagi Rossiya samolyotlarini urib tushirish zaruratiga izoh berdi

AQSh Harbiy havo kuchlari Suriyada parvozlardan xoli hudud yaratishga tayyor. Lekin buning uchun tartiblarni buzgan barcha samolyotlarni, xususan Rossiya HKK samolyotlarini urib tushirish uchun ruxsatga ega bo‘linishi zarur. Bu haqda amerikalik general Devid Goldfin ma'lum qilgan.

"IShIDda samolyot yo‘q ekan, bu biz rossiyaliklarning va suriyaliklarning samolyotlarini urib tushirish uchun ruxsat olishimiz kerak", degan u 16 iyun kuni AQSh senatida qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishi vaqtida. Yig‘ilish generalning AQSh Harbiy havo kuchlari boshlig‘i lavozimiga tasdiqlanishi munosabati bilan o‘tkazilgan (Hozirgacha u rahbar o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda edi).

Generalning so‘zlariga ko‘ra, parvozdan xoli zona yaratilishi uchun yana 2 shart bajarilishi lozim. Birinchisi, HHK quruqlikdagi kuchlarning maqsadi haqida aniq tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Ikkinchisi, qaysi hududlarda mahalliy kuchlar nazorat o‘rnatgani haqida aniq axborotga ega bo‘linishi kerak.

Top