19:57 / 17.06.2016
6073

Yevro-2016: Italiya Shvetsiyani mag‘lub qilib, guruh bosqichi masalasini hal qildi

Bugun Tuluzadagi "Stadiom-de-Tuluz" stadionida «E» guruhi vakillari Italiya va Shvetsiya uchrashuvi o‘tkazildi.

O‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi.

O‘yin yakunlanib borayotgan vaqtda, 88-daqiqada Eder tomonidan urilgan gol italiyaliklarga g‘alaba keltirdi.

Italiya endilikda 6 ochko jamg‘arib, guruh yetakchisiga aylangan. Shvetsiya hisobida hozircha 1 ochko bor, xolos.

Ertaga Irlandiya Belgiyani yenga olmasa, Italiya guruhdagi 1-o‘rinni naqd qiladi.

Italiya – Shvetsiya 1:0
Gol: 1:0 – 88 Eder.
Italiya – Buffon, Barzali, Bonuchchi, Kellini, Parolo, Florentsi (Sturaro, 85), de Rossi (Motta, 74), Kandreva, Jakkerini, Pelle (Dzadza, 60), Eder.
Shvetsiya – Isaksson, Lindelef, Olsson, Yuxansson, Grankvist, Larsson, Ekdal (Levitski, 79), Chelstrem, Forsberg (Durmaz, 79), Gvidetti (Berg, 85), Ibrahimovich.
Ogohlantirishlar: de Rossi (69), Olsson (90), Buffon (90).

Top