18:38 / 17.06.2016
10281

Putin Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni qayta tiklashga chaqirdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Peterburgdagi iqtisodiy forumdagi ishtiroki davomida Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarni qayta tiklashga chaqirdi.

"Biz ko‘nglimizda gina saqlamaymiz va bu yo‘lda yevropalik hamkorlarimiz bilan munosabatlarni tiklashga tayyormiz, ammo bu, shubhasiz, bir tomonlama o‘yin bo‘lishi mumkin emas", - dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya muammolar, kelishmovchiliklar va sanksiyalar kiritilishi tashabbuskori bo‘lmagan. 

Prezident Peterburgdagi iqtisodiy forumda kelgusi taraqqiyot uchun ishlanmalar yaratish imkonini qo‘lga kiritish uchun Yevropa Ittifoqi bilan aloqalarni ekspertlar darajasida tiklash taklifini kiritdi.

Top