Bel sohasidagi og‘riqlar deyarli hammaga tanish, u hatto ko‘pchilikning doimiy hamrohiga aylanib ulgurgan. Biroq bu muammoni bartaraf etishning  yo‘li bor - uncha qiyin bo‘lmagan mashqlar yordamida, tanangizga "quloq solish" va o‘zingizni ehtiyot qilish yo‘li bilan. 

1. Mikroharakatlarga asoslangan mashqlar. 

Bu texnikaning maqsadi - bel sohasidagi  gidratlanishning normal darajasini qayta tiklash. Yosh o‘tgan sari to‘qimalar suvsizlanadi va buning natijasida yoqimsiz his-tuyg‘ular va og‘riq yuzaga keladi. 

Chalqanchasiga yoting va tana holatini yengil o‘zgartirib, asta-sekinlik bilan mikroharakatlarni bajaring. 

Oyoqlarni navbatma-navbat bukish

Chalqanchasiga yoting, oyoqlar bukilgan, qo‘llar boshning orqasida.  

Chap tovoningizni ohista torting, bir muddat shu holatda qolib, avvalgi holingizga qayting va o‘zingizni bo‘sh qo‘ying.

Mashqni chap oyog‘ingiz bilan 5 marta takrorlang, so‘ng o‘ng oyoqqa o‘ting.

Bu mashq siqilgan asab va qon tomirlarini bo‘shashtiradi. 

2. O‘z tanangizga quloq soling. 

Odamlar ko‘p ish qilishsa-da, kam kuzatishadi. Axir aynan mushohada yuritish va meditatsiya jarayoni ko‘p narsani anglab yetishga imkon beradi. Bu somatik intellektni rivojlantirish uchun muhim. 

Sport bilan shug‘ullanish vaqtida asosiy maqsad - sog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. Bunda birinchi navbatda kilometrlar, kilogrammlar yoki daqiqalar emas, shaxsiy his-tuyg‘ularni kuzatish zarur. 

Atrofdagi odamlarga bir qarang: juda kam sonli insonlar tikka turishadi, aksariyat kishilar og‘ir sumka tufayli bir tomonga qiyshayib turishadi yoki o‘y-xayolga berilib, yelkalarini bukib olishadi. 

Buning natijasida tana vazni teng bo‘linmaydi va tabiiyki, belga og‘irlik tushadi.

Yoga ustalarining tajribasidan foydalanib, "tog‘ pozasi"ni o‘zlashtirib oling.