05:24 / 18.06.2016
8012

Yevro-2016: Ispaniya Turkiyani yirik hisobda mag‘lub etib, pley-offga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Yevro-2016 musobaqasi D guruhining ikkinchi turida Ispaniya Turkiyani yirik 3:0 hisobida mag‘lub etdi.

O‘yinning 34-daqiqasida Alvaro Morata hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib Nolito farqni 2taga yetkazdi. Ikkinchi bo‘limning boshida Morataning o‘zi hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Shu tariqa, Ispaniya terma jamoasi musobaqaning pley-off qismiga yo‘llanmani hal qilib qo‘ydi.

Yevro-2016

Ispaniya – Turtsiya – 3:0

Gollar: Morata, 34 (1:0); Nolito, 37 (2:0); Morata, 48 (3:0).

Ogohlantirishlar: Ramos, 2 – Yilmaz, 9; Tufan, 41.

Top