15:18 / 18.06.2016
4465

Ispaniya qiroli Alfonso XIIIning nikohdan tashqari o‘g‘li vafot etdi

Ispaniya monarxi Alfonso XIIIning o‘g‘li Leandro de Burbon 88 yoshida hayotdan ko‘z yumdi, deb xabar qilmoqda El Mundo gazetasi.

Xabarlarga ko‘ra, u yil boshida kuchli shamollashni boshidan kechirgach, ahvoli yomonlashgan. 

Leandro de Burbon 1929 yilda dunyoga kelgan bo‘lib, Ispaniya qiroli Alfonso XIII (1886-1941) va aktrisa Karmen Ruis Moragas(1896-1936)ning nikohdan tashqari o‘g‘li hisoblangan. 

Leandro umrining aksar qismini, o‘zini huquqiy jihatdan Burbonlar oilasi a'zosi deb tan olinishi uchun kurashib o‘tkazgan. Alfonso XIIIning o‘g‘li 2003 yildagina o‘z maqsadiga erisha oldi. 

Leandro de Burbon ikki marta uylangan bo‘lib, birinchi rafiqasidan 7 farzandi bor. Ikkinchisidan esa bir farzandga ega edi.

Top