00:58 / 18.06.2016
6513

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vazirligi Suriya inqiroziga keskinroq yondashuvni qo‘llab-quvvatlamoqda

Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr Ar-Riyod o‘z ichiga jumladan harbiy jihatni oluvchi Suriya inqiroziga keskinroq yondashuvni qo‘llab-quvvatlashini aytib o‘tdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

Vazir parvozsiz hududni ma'qullamoqda hamda isyonchi guruhlarni "yer-havo" sinfidagi raketalar bilan qurollantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.  

Suriyada 2011 yildan beri qurolli mojaro davom etib kelmoqda. Suriya hukumat qo‘shinlariga turli qurollangan tuzilmalarga tegishli jangarilar otryadlari qarshilik ko‘rsatmoqda.

Top