18:29 / 18.06.2016
37536

Siz bu tugmani har kuni ko‘rasiz, biroq bu belgilar nimani anglatishini xayolingizga ham keltirmagansiz

Qayerga bormang, bu belgiga ko‘zingiz tushadi. Ehtimol, bu XXI asrning eng mashhur belgisidir.

Siz har kuni mobil telefon, televizor, noutbuk, mikroto‘lqinli pech, kir yuvish mashinasi yoki biror bir boshqa elektron qurilmangizni yoqasiz va o‘chirasiz hamda bu tugmani ko‘rasiz. 

Bu belgi nimani anglatishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Bu belgining dizaynida qandaydir mantiq bormi?

Ha, bor ekan!

Umuman, bu belgining tarixi qiziq...

Yana bir marotaba "Yoqish/O‘chirish" belgisiga qarang, chunki bu maqoladan keyin siz unga boshqacha nigoh bilan qaraysiz...

Yaxshilab qarang, ko‘ryapsizmi, u «I» va «O» belgilaridan iborat.

Bu belgilar vizual nazar solganda «1» va «0» raqamlarini eslatadi.

Bu belgining tarixi bizni Ikkinchi jahon urushi davriga yetaklaydi. Bu belgini yaratgan muhandislar ikkilamchi tizimga poydevor qo‘yishgan. 

Ikkilamchi tizimda «1» - "Yoqish", «0» - "O‘chirish"ni anglatadi.

1973 yilda bu belgi Xalqaro elektr-texnika komissiyasi tomonidan quvvat tugmasi sifatida standartlashtirildi.

Top