Sport | 18:02 / 18.06.2016
4273
2 daqiqa o‘qiladi

UYeFA Xorvatiyaga qarshi intizomiy ish ochdi

UYeFA Xorvatiya futbol ittifoqiga qarshi intizomiy ish ochdi. Bu haqda tashkilot rasmiy saytida xabar berilgan.

Xorvatiya terma jamoasi muxlislari 17 iyun oqshomida Chexiyaga qarshi  Sent-Etenda kechgan bahs yakunida pirotexnikadan foydalanib, maydonga fayyer va petardalar irg‘itishgan, shuningdek, tribunada tartibsizlik kelib chiqqandi. Shuningdek, ular tomonidan irqchilik harakatlari amalga oshirildi. Natijada o‘yin bosh hakami Klattenburg o‘yinni to‘xtatib turishga qaror qilgandi.

Bu ish 20 iyun kuni ko‘rib chiqiadi.

Eslatib o‘tamiz, UYeFA Marseldagi stadionda Rossiya – Angliya uchrashuvidan keyin rossiyalik ishqibozlar inglizlar tribunasiga bostirib kirgani yuzasidan ish ochgan va 14 iyun kuni Rossiya futbol ittifoqiga 150 ming yevro miqdorida jarima qo‘llab terma jamoani shartli ravishda turnirdan chetlatgandi.

UYeFA ijroiy qo‘mitasi bu ikki terma jamoa muxlislari ishtirokida takroran to‘qnashuv sodir bo‘lsa, ikki terma jamoani ham turnirdan chetlatishi bilan tahdid qilgan.

Manba: Tribuna.UZ