07:47 / 19.06.2016
4976

Ozarbayjon prezidenti mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini 2017 yilga "ko‘chirdi"

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev neft narxining pasayishi Ozarbayjon uchun katta sinov bo‘lganini aytdi, deb xabar bermoqda 1news.az agentligi.

"Neft narxi 3-4 barobar pasaydi. Shuning uchun, albatta, bu biz uchun katta sinov bo‘ldi. Biroq biz bu sinovdan sharaf bilan chiqdik. Bu davrda biz jamiyat yanada jipsroq bo‘lganini, hamjihatlik yanada mustahkamlangani ko‘rdik", deb aytdi Aliyev.

Aliyevning aytishicha, mamlakat ichida joriy siyosatni qo‘llab-quvvatlash yanada oshdi. 

"2016 yil tarixda iqtisodiy barqarorlashuv yili sifatida esda qoladi. Keyingi yildan bizning muvaffaqiyatli iqtisodiy rivojlanishimiz davom etadi", deb qo‘shimcha qildi Aliyev.

Aprelda Ozarbayjon energetika vaziri Natig Aliyev Dohadagi muzokaralarning muvaffaqiyatiga OPeKdagi ichki ziddiyatlar xalaqit berganini aytgandi. O‘sha uchrashuvda neft ishlab chiqaruvchilar qazib olish darajasini muzlatish borasida kelisha olmaganlar, bu esa neft narxini oshirishi va Ozarbayjon kabi neft qazib oluvchi davlatlarga iqtisodiy o‘sishda ko‘mak berishi mumkin edi.

Top