23:02 / 19.06.2016
10278

Tojikiston chegarasida "Tolibon" yetakchilaridan biri yo‘q qilindi

Afg‘onistonning Tojikiston chegarasi yaqinidagi Qunduz viloyatida "Tolibon" yetakchilaridan biri Qori Ali yo‘q qilindi, deb xabar bermoqda Afg‘oniston ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda "Interfaks" axborot agentligi.    

"Aviazarba vaqtida 8 nafar qurollangan tolib, jumladan ekstremistlarning bosh qo‘mondonlaridan biri Qori Ali yo‘q qilindi. Bu guruh Qunduz viloyatining bir qator hududlaridagi terrorchilik harakatlari uchun javobgar bo‘lgan", deyilmoqda xabarda.

Top