15:11 / 20.06.2016
3808

ExoMars qurilmasi Marsning ilk fotosuratini jo‘natdi

2016 yilning mart oyida Rossiya va Yevropa hamkorligi natijasida yaratilgan ExoMars qurilmasi Marsning birinchi fotosuratini Yerga jo‘natdi, u hozirda Marsga tomon harakatlanmoqda. Bu haqida Yevropa kosmik agentligining matbuot xizmati ma'lum qildi. 

Surat 13 iyun kuni olingan bo‘lib, qurilma va sayyora orasidagi masofa taxminan 41 million kilometrni tashkil etgan.

"Olingan suratlar uskunaning yuqori sezuvchanligi va aniqligini tasdiqladi. U yaxshi yo‘naltirilgan va signal darajasi hisobga yaqin", - deya izoh berdi Bern Universiteti Solour and Stereo Surface Imaging System qurilmasi boshqaruvchisi Antuan Pommerol.

Qurilmaning kelishi 19 oktabrga rejalashtirilgan, o‘sha payt tushayotgan Schiaparelli qurilmasi orbita kemasidan ajralib, sayyora atmosferasiga kiradi.

Top