18:20 / 20.06.2016
4688

Fransiya aholisi Yevro-2016 musobaqalaridan avval 1,7 million televizor sotib oldi

Fransiyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati arafasida mamlakatda televizor savdosi o‘sdi, shuningdek uyga taom buyurtma qilish hajmi ham oshdi. Bu haqida Le Figaro xabar berdi. 

Toluna kompaniyasining so‘rovnomasiga ko‘ra, 12.1 foiz respondentlar Yevro-2016 musobaqalari oldidan maxsus yangi televizor sotib olishganini ma'lum qilishgan. Bu 1,7 million yangi texnika xarid qilinganini anglatadi. 

Shuningdek, Fransiya - Ruminiya uchrashuvidan oldin pivoga bo‘lgan talab 3 barobardan ortiqni tashkil etdi. 

O‘z navbatida, Deliveroo uyga ovqat eltib berish xizmati Fransiya - Albaniya o‘yini arafasida 50 foizli o‘sishni  qayd etdi. 

"Bunday paytlarda eng yaxshi sotiladigan narsa - qo‘l bilan yeyish mumkin bo‘lgan taom: pitssa va burgerlar", - deydi Alloresto ovqat yetkazib beruvchi fratsuz servisi.

Top