23:27 / 20.06.2016
3123

Twitter Magic Pony startapini sotib oldi

Twitter mashinaviy ta'limga ixtisoslashgan Magic Pony Technology deb nomlanuvchi startapni sotib oldi. Bu haqda tarmoq rahbari Jyek Dorsi o‘z tvitterida xabar berdi.

Startap mashinali ko‘rish, ya'ni sun'iy ongning suratda nima borligini tushunishiga yordam beruvchi texnologiya ostida ishlaydi. Magic Pony Technology jamoasi sun'iy ong bilan shug‘ullanuvchi Twitter Cortex bo‘limining bir qismiga aylanadi. 

«Bu jamoa Twitter’ning insonlar butun dunyo voqealarini kuzatishlari va ularni jonli efirda muhokama qilishlarida muhim maskanga aylanishiga yordam beradi!» — deb yozadi Dorsi. Shuningdek, u startapni sotib olish Twitter uchun ko‘plab yangi kreativ imkoniyatlar yaratishini ta'kidlab o‘tdi. 

Bu kompaniya tomonidan sotib olingan mashinaviy ta'limga bog‘liq uchinchi startapdir. 2014 yil kompaniya Madbits, 2015 yilda Whetlab startapini sotib olgandi.

Top