21:44 / 20.06.2016
3464

UYeFA Xorvatiya futbol ittifoqini muxlislar tufayli 100 ming yevro miqdorida jarimaga tortdi

UYeFAning Etika va intizom bo‘yicha mustaqil qo‘mitasi Xorvatiya futbol ittifoqiga (HNS) 100 ming yevro miqdorida jarima tayinladi.

UYeFA matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bunga Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi o‘yin vaqtida maydonga yonib turgan fayyorlar tashlangani, shuningdek, tribunada muxlislarning o‘zaro mushtlashgani, irqchilik ruhidagi so‘zlar qo‘llangani sabab bo‘ldi.

Xorvatiyaning Chexiyaga qarshi uchrashuvi 17 iyun kuni Sent-Etenda bo‘lib o‘tdi. O‘yinning 86-daqiqasida tribunadan yonar mash'alalar tashlangach, o‘yin hakami Mark Klattenburg o‘yinni to‘xtatdi. 5 daqiqadan keyin maydon tozalanib, o‘yin davom ettirildi.

Xorvatiya futbol ittifoqiga "bezori" maqomidagi alohida muxlislarga keyingi o‘yinlar uchun chipta sotmaslik majburiyati yuklangan.

Xorvatlarning «ultra»si terma jamoaning Yevro-2016dan chetlatilishiga erishmoqchi

Top