Jahon | 15:15 / 21.06.2016
19132
1 daqiqa o‘qiladi

Blumberg dunyoning eng baxtli mamlakatini e'lon qildi

Singapur mamlakati Bloomberg agentligi e'lon qilgan reytingga ko‘ra, dunyoning eng baxtli davlati deb topildi. Ushbu ro‘yxatni tuzishda, mamlakatlardagi inflyatsiya darajasi va ishsizlikka oid raqamlari asos qilib olingan. 

Unda Singapur 2014 yil dekabridan beri ilk marotaba birinchi o‘rinni egallagan. Shahar-mamlakatdagi yillik inflyatsiya darajasi 1,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, ishsizlik ko‘rsatkichi 1,9 foizgacha pasaygan. U bu borada avvalgi yetakchi mamlakat Taylandni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan. Ro‘yxatning uchinchi o‘rniga Yaponiya munosib ko‘rilgan.  

Jahonning 70 davlati orasida, reytingga ko‘ra, eng baxtsiz davlat sifatida Venesuela qayd etilgan. Bu davlat rekord darajadagi inflyatsiyadan aziyat chekmoqda.