18:09 / 21.06.2016
4283

Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi oylik hisobotini e'lon qildi

XXR Bosh bojxona boshqarmasi hisobotiga ko‘ra, Rossiyaning may oyida ushbu davlatga yetkazib bergan neft hajmi 5,24 mln tonnani tashkil etib, yangi rekord ko‘rsatkichni qayd etgan. Umuman, RFdan XXRga kuniga 1,24 mln barrel qora oltin yetkazib berilgan. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish 33,7 foizni tashkil etgan. 

"Xitoyda neftga bo‘lgan yuqori talab saqlanib qolmoqda. Bu esa, neftning jahon bozoridagi narxiga ta'sir o‘tkazmay qolmayapti", - deyiladi hisobotda.

Hujjatda ta'kidlanishicha, o‘tgan oyda Saudiya podshohligidan yetkazib berilgan neft miqdori ham 33,6 foizga o‘sib, kuniga 961 ming barrelni tashkil etgan. Bir kunda 619,3 ming barrel Eron nefti import qilingan va u hisobot davrida Xitoyga olib kirilgan neftning 19,5 foizini tashkil etgan. 

2015 yilda Rossiya may, sentabr, noyabr va dekabr oylarida Xitoyga eng ko‘p neft eksport qilgan davlat bo‘lgandi. Yil yakuniga ko‘ra esa, 42,43 mln tonna neft sotish bilan ikkinchi, Saudiya Arabistoni XXRga 50,55 mln tonna neft sotib, yetakchilikni o‘zida saqlab qolgan edi.

Top