11:49 / 21.06.2016
31199

Toshkentda yana bir Mercedes rusumli avtobus yonib ketdi

Bugun, 21 iyun kuni Toshkent shahrining Oltin tepa ko‘chasida Mercedes Benz Conecto rusumli avtobus yonib ketdi. Bu holatga oid video va suratlar Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi "Voditeli Tashkenta" guruhiga joylashtirilgan. 

Videoda avtobus salonining ort qismidan atrofga quyuq tutun burqsiyotganini ko‘rish mumkin. 

Ko‘p o‘tmasdan voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelib ish boshlagan. 

Yong‘inning kelib chiqishi sabablari va hodisaning boshqa tafsilotlari ma'lum emas.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mazkur xabar ostida qoldirgan izohlarida yoz mavsumi boshlangani aytilib, bundan buyon bunday hodisalar yuz bera boshlashiga ishora qilingan.

Ma'lumot uchun, 2013 yil martidan beri Toshkentda 16ta avtobus yonib ketgan. Shaharda oxirgi marta 2016 yilning 23 va 26 fevral kunlarida 2ta Mercedes-Benz yo‘lovchi avtobuslarida yong‘in chiqqandi.

Toshkentdagi avtobus yong‘inlari oqibatida hech kim halok bo‘lmagan. Yong‘inlar haqidagi xabarlarda jabrlanuvchilar haqida axborot berilmagan.

Top