16:44 / 21.06.2016
2993

Turkiya janubi-sharqidagi aksilterror amaliyotlar nihoyasiga yetdi

Turkiya janubi-sharqidagi aksilterror operatsiyalar nihoyasiga yetkazildi, hukumat mintaqani qayta tiklashga kirishdi. Bu haqida Turkiya bosh vaziri Binoli Yildirim parlamentdagi chiqishida ma'lum qildi. 

"Operatsiyalar nihoyasiga yetdi, endi biz ikkinchi bosqich - jismoniy va ijtimoiy yangilanishga kirishamiz. Vayron qilingan barcha hududlar avvalgisidan-da yaxshiroq qilib qayta tiklanadi. Yosh avlodimiz eng yaxshi hayot kechirishlari uchun choralar ko‘rmoqdamiz", - dedi u.

Yildirimning ta'kidlashicha, janubi-sharqda yangi zavod va fabrikalar quriladi, xususiy sektor rivojlanadi. 

Shuningdek vazir "hududiy organlardan terrorchilarga ko‘rsatilgan yordami uchun hisob so‘rashga" va'da berdi. 

"Ular davlatdan yo‘l, xiyobonlar, kanalizatsiya uchun pul ololmaydi va ularni terrorchi tashkilotga uzata olmaydi. Yaqin orada biz berilgan pul vositalarni millat farovonligi yo‘lida safarbar qilmagan barcha mahalliy rahbarlarni javobgarlikka chorlaymiz", - deya ma'lum qildi bosh vazir.

U parlament bu ishni amalga oshirishga imkon beruvchi qonunlarni ko‘rib chiqishini qo‘shimcha qildi.

Top