19:07 / 22.06.2016
12748

Xorijliklar uchun dunyoning eng qimmat shahri ma'lum qilindi

Mercer Human Resource konsalting guruhi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Honkong shahri 2016 yilda chet elliklar uchun eng qimmat shahar maqomiga ega bo‘lgan. O‘tgan uch yil mobaynida, ro‘yxatni Angola poytaxti Luanda boshqarib kelgan edi. Endilikda, u mamlakat milliy valyutasining qadrsizlanishi bois, ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Angola poytaxti Luanda

Dunyoning qimmat shaharlari ro‘yxatining uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlariga tegishli ravishda Tsyurix va Singapur shaharlari munosib ko‘rilgan. Beshinchida Yaponiya poytaxti Tokio bo‘lsa, ro‘yxatning top-10ligiga birinchi marta Kongo demokratik respublikasi poytaxti Kinshasa ham kiritilgan. Top-10likda shuningdek, Shanxay, Jyeneva, Njamena va Pekin nomlarini ham ko‘rish mumkin. 

Xorijliklar istiqomat qilishi uchun eng arzon shahar sifatida Namibiya poytaxti Vindxuk, Keyptaun va Bishkek e'tirof etilgan.

Namibiya poytaxti Vindxuk

Tahlilchilarning ma'lum qilishicha, ikki xonali lyuks toifasidagi jihozlanmagan xonadonda bir oy istiqomat qilish uchun Luandada 6,7 ming, Londonda kamida 4,6 ming, Sidneyda 2,6 ming dollardan biroz ko‘proqqa aylanadi. 

Bunda, Honkongdagi fast-fud restoranida tushlik qilish 4,83 dollar, Londonda 6,43 dollar, Nyu-Yorkda 7,82, Moskvada esa — 3,03 dollarga tushadi.

Top