16:32 / 22.06.2016
3313

Lukashenko Belarusning kelgusi 5 yillik taraqqiyotiga oydinlik kiritdi

Belarus prezident Aleksandr Lukashenkoning bayonotiga ko‘ra, mamlakat 2016-2020 yillarda tadrijiy rivojlanish yo‘lidan boradi va uzluksiz taraqqiyot yo‘lini saqlab qoladi. 

22-23 iyun kunlari mamlakat poytaxti Minsk shahrida Butunbelarus xalq yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda, mamlakatni 2016-2020 yillarda rivojlantirish dasturini muhokama etishlari kerak. Hujjat loyihasi, forum boshlanishidan biroz avval e'lon qilingan edi. 

"Bu - inqilob emas, evolyutsiya dasturidir. U, bizning tanlagan yo‘limizning uzluksizligini va rivojlanishning Belarus modeli asoslarini saqlab qoladi. Biz radikalizm, shok va to‘g‘ri kelgan narsalarni barbod qilish, vayron qilishga umuman qarshimiz", — degan Lukashenko, Butunbelarus xalq yig‘ilishida qilgan chiqishida. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur dastur saylovlarda qo‘llab-quvvatlangan prezidentning saylovoldi va'dalariga asoslangan. 

Lukashenko, 5 yillik dasturni amalga oshirish umuman mumkinligini aytar ekan, uning ayrim vazifalari jiddiy kuch talab qilishini rad etmagan.

Top