19:32 / 22.06.2016
20857

Putin: «Hitler Sobiq Ittifoqni bosib olgandan keyin odamlarni nima qilishni rejalashtirib qo‘ygandi»

1941 yilning 22 iyunida Sobiq Ittifoqi Ikkinchi jahon urushiga tortilgan edi. Bu hodisaga bugun 75 yil to‘ldi.

Bugun Rossiyada qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Kremlda mamlakat prezidenti Vladimir Putin qabulida birinchi butunrossiya tarixini o‘rganish yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda tarixchilar va jurnalistlar qatnashishmoqda. Bu yig‘ilish Rossiya 24 telekanalida yoritilmoqda.

Yig‘ilishda asosan Ikkinchi jahon urushi haqida so‘z ketmoqda.

So‘zga chiqqan Vladimir Putinning ta'kidlashicha, fashistlar yetakchisi Adolf Hitler urushda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, rus xalqini nima qilishi bo‘yicha maxsus reja tuzgan.

«Hitler urushda g‘alaba qozonsa, rus xalqini nima qilish bo‘yicha maxsus reja tuzib qo‘ygandi. Bir nemis do‘stim bu haqda aniq hujjatda o‘qiganini aytgandi. Urushda fashistlar g‘alaba qozonmay turib odamlar qancha jabr ko‘rishdi. Barchasi ular xohlaganday bo‘lishini tasavvur qilish qiyin...»,- deydi Putin.

Top