18:22 / 22.06.2016
8114

Ronaldu o‘zidan intervyu olmoqchi bo‘lgan jurnalistning mikrafonini ko‘lga otib yubordi

Yevropa chempionati guruh bosqichi doirasidagi 3-tur uchrashuv arafasida Vengriyaga qarshi o‘yinda maydonga tushadigan Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamda jurnalist o‘rtasida ziddiyat yuzaga keldi. Bu haqda Marca xabar tarqatdi. 

Ko‘l yoqasidan o‘zining bir necha jamoadoshi bilan ketayotgan futbolchi yoniga o‘z shaxsiy hayotini yoritish bilan shug‘ullanadigan Correio da Manhã gazetasi muxbiri kelganida, asablarini jilovlay olmagan.

Jurnalist Ronaldudan «Vengriyaga qarshi o‘yinga tayyormisiz?» deya so‘ragan. Ronaldu esa savolga javob bermasdan, uning qo‘lidan mikrofonni tortib olgan va ko‘lga otib yuborgan.

Aniqlik kiritilishicha, Ronaldu o‘z shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar chop etilib turishi sababli Correio da Manhã nashri bilan yomon aloqada bo‘lib, u bu nashr muxbirlari savollariga hech qachon javob bermaslikka qaror qilgan.

Portugaliyaning Vengriyaga qarshi o‘yini Toshkent vaqti bilan soat 23:59da boshlanadi. Bu uchrashuv Tribuna.uz saytida onlayn translyatsiya qilinadi.

Top