15:37 / 22.06.2016
7117

Uma Turman otdan yiqilib, jiddiy jarohat oldi

Hollivud aktrisasi Uma Turman otdan yiqilib, jiddiy jarohat oldi, deya xabar beradi Page Six nashri. 

Manbaga ko‘ra, Sen-Bartelemi kurortida aktrisaning farzandlari unga mahalliy restoranlardan biriga kirishda yordam berganini ko‘rishgan. Tashqaridan qaraganda Uma Turmanga xuddi son sohasida jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilgandek ko‘rinardi. 

Aktrisaning vakili aytishicha, uning mijozi ot ishtirokidagi baxtsiz hodisaning qurboni bo‘lgan. Turman yosh zotdor tulporda mashq qilayotgan bo‘lgan, ot birdaniga qo‘rqib ketgan va chavandozni otib yuborgan. Buning natijasida "Billni o‘ldirish" filmi yulduzi bir necha siniq jarohatlari olgan.

Top