23:31 / 23.06.2016
4946

2 million kishi Iroqda IShIDga berilgan zarbalar tufayli qochoqlarga aylanishi mumkin

Iroqning bir qismini bosib olgan IShID terrorchilik guruhining kelajakdagi hujumlari oqibatida 2 milliondan ortiq kishi o‘z uyini tashlab ketishga majbur bo‘ladi. Bu ma'lumotlar BMTning Bag‘doddagi gumanitar missiya vakillari tomonidan qayd etilgan. 

Iroqdagi BMT gumanitar yordam koordinatori Liz Grandening so‘zlariga ko‘ra, "dunyodagi eng katta inqiroz Iroqning Mosul shahrini IShID terrorchilaridan ozod qilish boshlangandan so‘ng kelib chiqishi mumkin". Uning aytishicha, hukumat kuchlarining Mosulga kirishi tufayli minglab insonlar shahardan chiqib ketishga majbur bo‘lishadi va bu kutilmagan vaziyatlarga olib kelishi mumkin. Hozirgi kunda Iroq armiyasi Anbar viloyatidagi Al-Falluja shahrining nazoratini tiklash bo‘yicha operatsiyani yakunlamoqda. 

Bir necha haftaga cho‘zilgan harbiy harakatlar tufayli bu viloyatda o‘ng minglab Iroqliklar qochoqlarga aylanishdi. Iroq harbiy kuchlari boshlig‘ining xabariga ko‘ra, Al-Fallujada IShID ustidan g‘alaba qozonish armiyaning Mosul shahri janubida radikallar ustidan hal qiluvchi g‘alabaga erishishiga yordam beradi. 
Iroqdagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi raqamli shahar bo‘lgan Mosul shahrining ozod etilishi Iroq armiyasining "peshmerg" guruhi va IShIDga qarshi kurashuvchi halq ko‘ngilli guruhlarining asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Mosul shahrining aholisi 500 ming kishidan ko‘proq bo‘lib, IShID jangarilari uni Iroqdagi o‘z poytaxti deb hisoblaydi.

Top