18:44 / 23.06.2016
13266

Amerika kompaniyasi eng sifatli avtomobillar ro‘yxatini e'lon qildi

Amerikaning J.D. Power and Associates kompaniyasi, eng sifatli avtomobillar ishlab chiqaruvchi kompaniyalarning yillik reytingini e'lon qildi. 

Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, ro‘yxatni Janubiy Koreyaning Kia kompaniyasi boshqarmoqda. U, o‘tgan 3 yil mobaynida yetakchilik qilgan Porscheni ortda qoldirishning uddasidan chiqa olgan. 

Tadqiqot natijalari, 80 mingdan ortiq amerikalik yangi mashinalari egalari orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalariga asoslangan. Ular, 8 turkumga bo‘lingan, avtomobil xarid qilingandan so‘ng, 90 kun mobaynida qayd etilgan nosozliklarga oid 233 ta savolga javob berishgan. 

Shundan so‘ng, so‘rov natijalariga ko‘ra, u yoki bu modelning har bir sotilgan 100 dona mashinasiga to‘g‘ri keladigan o‘rtacha nosozliklar soni aniqlangan. 

Kianing har bir 100ta sotilgan mashinasiga o‘rtacha 83 kamchilik to‘g‘ri kelsa, Porsche kompaniyasi mahsulotida bu raqam 84 taga teng. 

Mutaxassilarning qayd etishlaricha, ommaviy brend 27 yil ichida birinchi marta ro‘yxating birinchi o‘rniga chiqa olgan. Bundan avval, faqat qimmat va yuqori tasnifdagi avtomobillar eng sifatli hisoblanib kelinardi. 

Reytingning uchinchi o‘rnini Janubiy Koreyaning yana bir kompaniyasi — Hyundai — 92 ta nosozlik bilan egallagan. Yaponiyaning Toyotasi (93ta nosozlik) to‘rtinchi, Germaniyaning BMW kompaniyasi (94 ta nuqson) beshinchi o‘rinni egallagan. 

Ro‘yxatning quyi qismida esa Volvo, Fiat va Smart mashinalari joylashdi. Ularda kuzatilgan nosozlik va nuqsonlar soni tegishli ravishda 152, 174 va 216tani tashkil etgan. 

           J.D. Power and Associates bo‘yicha eng sifatli avtomobillar reytingi

Markasi  Har 100ta mashinaga to‘g‘ri kelgan nuqson soni  Markasi  Har 100ta mashinaga to‘g‘ri kelgan nuqson soni

Kia  83  Jeep  113

Porsche  84  Ram  114

Hyundai  92  Chrysler  115

Toyota  93  Mitsubishi  116

BMW  94  Dodge  117

Chevrolet  95  Subaru  118

Buick  96  Honda  119

Lexus  96  Acura  122

Nissan  101  Scion  123

Ford  102  Jaguar  127

GMC  103  Mazda  127

Infiniti  103  MINI  127

Volkswagen  104  Land Rover  132

Audi  110  Volvo  152

Mercedes-Benz  111  Fiat  174

Cadillac  112  Smart  216

J.D. Power and Associates shuningdek, har bir toifadagi eng sifatli mashinalar ro‘yxatini ham tuzib chiqqan. Bu borada, General Motors va Toyota kompaniyalari mahsulotlari yetakchilik qildi. Ushbu ishlab chiqaruvchilarning 7tadan modeli reytingdan joy egallashga muvaffaq bo‘lgan.

J.D. Power and Associates tasnifi bo‘yicha eng sifatli modellar ro‘yxati

Toifasi  Modeli  Toifasi  Modeli

Shahar avtomobili  Chevrolet Spark  Kichik yo‘ltanlamas  Kia Sportage

Kichik avtomobil  Hyundai Accent  Kichik yuqori toifali yo‘ltanlamas  Audi Q3

Kichik qimmat avtomobil  Lexus CT   Ixcham yo‘ltanlamas  Chevrolet Equinox/GMC Terrain

Ixcham-avtomobil  Toyota Corolla  Ixcham qimmat yo‘ltanlamas  Porsche Macan

Ixcham sportkar  Buick Cascada/Scion tC   Ixcham ven  Kia Soul

Qimmat ixcham avtomobil  Lincoln MKZ  O‘rta o‘lchamli yo‘ltanlamas  Toyota Highlander

Qimmat ixcham sportkar  Audi TT   Qimmat yo‘ltanlamas  BMW X5

O‘rta o‘lchamli avtomobil  Toyota Camry  O‘rta o‘lchamli ppikap  Nissan Frontier

O‘rta o‘lchamli sportkar  Dodge Challenger  Miniven  Chrysler Town & Country

O‘rta o‘lchamli qimmat avtomobil  Lexus GS   Yirik yo‘ltanlamas  Chevrolet Tahoe

O‘rta o‘lchamli qimmat sportkar  Porsche 911  Yirik qimmat yo‘ltanlamas   Lincoln Navigator

Yirik o‘lchamli avtomobil  Hyundai Azera  Yirik pikap  Chevrolet Silverado LD

—    —  Yirik og‘ir pikap  Chevrolet Silverado HD

Tadqiqot Amerika brendlaridan foydalanish o‘sganini ko‘rsatgan. Reytingning 30 yillik tarixi davomida, Ford, GM va Chrysler avtomobillarining har 100tasiga to‘g‘ri kelgan o‘rtacha nosozliklar boshqa kompaniyalarning bu boradagi ko‘rsatkichidan past bo‘lgan. So‘nggi bir yilda Amerika mashinalari sifati 10 foizga yaxshi tomonga o‘zgargan.

Top