Fan-texnika | 16:47 / 23.06.2016
8752
3 daqiqa o‘qiladi

Android Authority nashri kameraning «ko‘r» sinovida LG G5 smartfonini g‘olib deb e'lon qildi

Android Authority tomonidan o‘tkazilgan eng katta ovozga qo‘yish natijalariga ko‘ra, kameraning «ko‘r» sinovida LG G5 smartfoni g‘olib bo‘ldi. Eng kuchli 7ta smartfon turli sharoitlarda suratga olish natijalari bo‘yicha sinovdan o‘tkazildi. So‘rovnomada 100 mingdan ortiq kishi ishtirok etdi. 

 

Kamera bugungi kunda, shubhasiz, smartfondagi eng muhim funksiyalardan biri hisoblanadi, biroq  bozorda  o‘xshash takliflarning ko‘pligi tufayli g‘olibni tanlash qiyin. Siz ko‘proq megapikselni tanlaysizmi yoki katta piksellarnimi? Siz uchun optik tasvirning barqarorligi muhimmi? Bir kamerali smartfon ikki kameralidan yaxshiroqmi?

Android Authority shu kabi ko‘plab savollar bilan bozordagi eng yaxshi yettita smartfon orasida eng katta kamera sinovini o‘tkazishdi. Barcha ishtirokchilar bir haftadan ortiq vaqt davomida suratga olishda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan smartfonga ovoz berishdi, endi 100 mingdan ortiq ovoz to‘planib, ularga ko‘ra, qaysi smartfon 2016 yilning eng yaxshi kamerafoni nomiga sazovor bo‘lganini aytish vaqti keldi!


Sinov adolatli o‘tishi uchun turli yoritish sharoitlarida olingan 16 ta suratlar galereyasi namoyish qilindi, zero ba'zi smartfonlar yaxshi yorug‘likda yaxshi suratga olishi mumkin, biroq yetarlicha yorug‘lik bo‘lmagan joylarda sifatli natija ko‘rsata olmaydi. 

Shu tariqa, natijalarni hisoblab, g‘olibni topishdan avval har bir galereyani alohida ko‘rib chiqishga qaror qilindi. Qurilmalar har bir galereyada 1 balldan 7 ballgacha ega bo‘lishdi va qabul qilingan ovozlar sonidan kelib chiqib, binichidan yettinchi o‘ringacha sazovor bo‘lishdi. Eng ko‘p umumiy ball to‘plagan smartfon mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 


Bir qator kuchli raqiblar orasidan  LG G5 smartfoni g‘olib bo‘ldi! Qozog‘iston bozorida mutlaqo bir xil parametrlar va kamera afzalliklariga ega  LG G5ses modeli namoyish qilindi. LG G5 va LG G5ses modellari faqatgina operativ xotira hajmi va protsessori bilan ajralib turadi, bu suratga olish sifatiga hech qanday ta'sir ko‘rsatmaydi. 


Quyida keltirilgan tarmoq manzili bo‘yicha siz so‘rovnomada  ishtirok etgan kadrlar galereyasini ko‘rishingiz mumkin: http://www.androidauthority.com/camera-shootout-results-690429/
 

Mavzuga oid