23:01 / 23.06.2016
7151

Erdo‘g‘anni "Uzuklar hukmdori"dagi qahramonga qiyoslagan turk bir yillik shartli qamoq jazosi oldi

2014 yilda tvitterda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni "Uzuklar humkdori" filmidagi qahramon – Gollumga qiyoslab, ularning suratlarini birga chop etgan turkiyalik Rifat Chetin bir yillik shartli qamoq jazosi oldi.

Chetin sud oldida prezidentni haqoratlash aybi bo‘yicha javob berdi.

Turkiya OAV ma'lumotlariga ko‘ra, Antalya viloyati sudi Chetin agar 5 yil ichida yana jinoyat sodir etsa, bir yil qamoqda o‘tkazishiga qaror qilgan. Shuningdek, sud uni haydovchilik guvohnomasidan mahrum etgan, qolgan tafsilotlar berilmagan.

Turkiya qonunchiligiga ko‘ra bunday jinoyat 4 yilgacha ozodliqdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Top